O‘zbekiston | 10:53 / 08.09.2023
6944
1 daqiqa o‘qiladi
Ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda
Hayvonlar ro‘yxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) tomonidan saqlash tartibi hukumat tomonidan belgilanadi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi.
Unga ko‘ra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.
Mazkur hayvonlarning ro‘yxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) tomonidan saqlash tartibi hukumat tomonidan belgilanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
15:27 / 20.09.2024
Bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
13:34 / 27.08.2024
Parlamentda raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
16:02 / 17.08.2024