O‘zbekiston | 13:51 / 08.09.2023
17046
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Bilol Erdo‘g‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod  mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbatda qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid