Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Yevro-2024 startidan 9 oy avval iste’foga chiqarildi.
Nemis futbol ittifoqi shanba kungi o‘rtoqlik o‘yinida Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:4) keyin tashkilot rahbari Bernd Noyyendorf taklifiga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqardi.
«Germaniya milliy jamoasining so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalaridan keyin nemis futbol ittifoqi milliy jamoada o‘zgarishlar va yangi qon kerak deb hisobladi. Yevropa chempionati oldidan jamoaga optimizm va o‘ziga bo‘lgan ishonch ortishi lozim», - deyiladi tashkilot xabarida.
Qayd etilishicha, Fransiyaga qarshi o‘yinda bosh murabbiy vazifasini jamoa sport direktori Rudi Fyoller bajaradi.
Avvalroq, «Bavariya» sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann milliy jamoani boshqarishga asosiy nomzod deya ko‘rilayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Flik 2021 yildan buyon Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning qo‘l ostida nemislar JCh-2022da guruh bosqichidan chiqa olmagandi.
Ma’lumot uchun, Germaniya milliy jamoasi so‘nggi 5 o‘yinda Belgiya (2:3), Ukraina (3:3), Polsha (0:1), Kolumbiya (0:2) va Yaponiya (1:4) bilan bahslarda bir durang va 4 mag‘lubiyat qayd etdi.
Mavzuga oid
17:09 / 26.08.2024
«Tanam boshimdan yuragim qadar darz ketdi». Noyyerning xayrlashuv maktubi
08:30 / 20.06.2024
Bolqoncha telbalik va nemis mashinasi yurishi. Yevroning oltinchi kuni qanday o‘tdi?
15:20 / 19.06.2024
Yevro-2024: Xorvatiyaning xato qilishga haqqi yo‘q, bir guruhda pley-off ishtirokchilari aniq bo‘lishi mumkin
18:24 / 11.06.2024