Jahon | 08:54 / 11.09.2023
6291
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Vetnam hamkorlikning yuqori darajasi bo‘yicha kelishib oldi

Qo‘shma Shtatlar Vetnam bilan «har tomonlama strategik sheriklik» haqida kelishib olgan beshinchi davlatga aylandi. Bunday davlatlar qatorida Rossiya va Xitoy ham bor.

Foto: Luong Thai Linh/AP/picture alliance

Amerika prezidenti Jo Baydenning 10 sentabr, yakshanba kuni Xanoyga tashrifi yakunlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Vetnam «har tomonlama strategik sheriklik» to‘g‘risida kelishib oldi. Vetnamda bu xorijiy davlat bilan hamkorlikning eng yuqori darajasidir.

Qo‘shma Shtatlar Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Xitoydan keyin kommunistik Vetnam hamkorlikni kuchaytirgan beshinchi davlat bo‘ldi. Oq uy Baydenning safarini «tarixiy davlat tashrifi» deb atadi. Shu bilan birga, Xanoy va Vashington yarimo‘tkazgichlar va noyob metallarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning chuqurlashishi Vashingtonning Janubi-Sharqiy Osiyoda Xitoyga qarshi turish istagi fonida sodir bo‘lmoqda, deb ta’kidlaydi AFP.

Qo‘shma Shtatlar va Vetnam diplomatik munosabatlarni faqat 1995 yilda, Vetnam urushi tugaganidan 20 yil o‘tib tiklagan. Vashington Xanoyning Pekindan keyin ikkinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. 

Mavzuga oid