O‘zbekiston | 08:02 / 11.09.2023
12185
1 daqiqa o‘qiladi

«Navoiyuran» bosh direktori lavozimidan ozod qilindi 

«Navoiyuran» bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.

Foto: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Navoiyuran» bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xabariga ko‘ra, 9 sentabr kuni «Navoiyuran» bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.

Jahongir Hasanov 2022 yildan buyon «Navoiyuran» davlat korxonasi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning qaysi ishga o‘tgani hozircha noma’lum.

Mavzuga oid