Rossiya aviakompaniyasi Qozondan Samarqandga parvozlarni boshlaydi
Aviareys haftada bir marta - shanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 150 yevrodan boshlanadi.
Rossiyaning UVT Aero aviakompaniyasi Tatariston poytaxti Qozondan Samarqandga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ruxsatnoma oldi.
Aviakompaniyaning mazkur yo‘nalishdagi birinchi parvozi joriy yilning 23 sentabrida amalga oshiriladi.
«Qozon» xalqaro aeroportidan harakatlanuvchi aviaqatnovlar haftada bir marta — shanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Qozondan jo‘nab ketish — 22:35;
Samarqandga yetib borish — 04:15 da (yakshanba kuni).
Samarqand xalqaro aeroportidan parvozlar quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:
Samarqanddan qaytish vaqti — 05:15;
Qozonga yetib borish — 06:55.
Shaharlar orasidagi yo‘l 3 soatdan ko‘proq vaqtni tashkil etadi. Parvoz tarifining bir tomonlama narxi 150 yevrodan boshlanadi.
Yo‘nalishda Kanadada ishlab chiqarilgan Bombardier CRJ-200 50 o‘rinli samolyotlari harakatlanadi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024