O‘zbekistonda dengiz sathidan 1450 metr balandlikda yangi ko‘mir koni ochildi
Ko‘mir konida hozircha aniqlangan ko‘mir zaxirasi hajmi 11 mln tonna.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi To‘polong suv ombori yuqori qismidan yangi ko‘mir konini o‘zlashtirish boshlandi.
To‘polong ko‘mir koni havzasi dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan. Ayni paytda ko‘mir konidan iste’molchilarga 35 ming tonna ko‘mir zaxirasi qazib olinib, yetkazib berishga tayyorlab qo‘yilgan.
Ko‘mir konida ishlarni jadallashtirish uchun 15 dan ortiq texnikalar jalb etilib, har kuni ko‘mir tashish 1000-1200 tonnagacha olib borilmoqda. To‘polong ko‘mir konida hozircha aniqlangan ko‘mir zaxirasi hajmi 11 mln tonna.
Qazib olinayotgan mahsulot eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi vakillariga tarqatilmoqda. Manzilli ro‘yxat asosida qo‘shimcha 20 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan.
Hozirgi kunda To‘polong ko‘mir koni havzasida ko‘chkilar bilan bog‘liq xavfsizlikni ta’minlash, mahsulot qazib olish jarayonida ko‘mir qatlamiga aniqlik kiritish va yangi konlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
12:08 / 27.09.2024
Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
07:55 / 10.07.2024