Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 13 foizgacha oshirdi
Rossiya banki asosiy stavkani ketma-ket uchinchi marta oshirmoqda, endi u 13 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank keyingi yig‘ilishlarda uni yanada oshirish zaruriyatini baholayapti.
Rossiya banki 15 sentabr, juma kuni asosiy stavkani 100 bazaviy punktga oshirib, yillik 13 foizgacha yetkazdi. Bu ketma-ket uchinchi o‘sish: iyul oyida asosiy stavka 7,5 foizdan 8,5 foizgacha, avgust oyida - 12 foizgacha ko‘tarildi. Markaziy bank keyingi yig‘ilishlarda stavkalarni yanada oshirish zaruriyatini baholashini ma’lum qildi.
Shu tariqa, Rossiya Markaziy banki inflatsiyani ushlab turishga harakat qilmoqda. «Rossiya iqtisodiyotida inflatsiya bosimi yuqoriligicha qolmoqda», — deyiladi uning bayonotida. Markaziy bank o‘z qarorini «ichki talabning o‘sishi, uning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlaridan oshib ketishi va yoz oylarida rublning zaiflashishi» bilan ham asosladi.
Shu munosabat bilan, bank «inflatsiyaning belgilangan ko‘rsatkichdan yuqoriga og‘ish ko‘lamini cheklash va uni 2024 yilda 4 foizga qaytarish uchun monetar sharoitlarni qo‘shimcha qat’iylashtirishni ta’minlash» zarur, deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, Markaziy bank 2023 yil oxirida Rossiyada inflatsiya prognozini 5-6 foizdan 6-7 foizga oshirdi. Sentyabr oyida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Rossiyada inflatsiya prognozini 5,3 foizdan 7,5 foizga oshirdi.
Mavzuga oid
17:53
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024