Britaniya qiroli Charlz III birinchi rasmiy tashrifi doirasida Fransiyaga bordi
Charlz III va prezident Makron iqlim, biologik xilma-xillik, sun’iy intellekt, shuningdek, Afrika va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi.
Britaniya qiroli Charlz III taxtga o‘tirganidan keyin birinchi marta Fransiyaga rasmiy tashrif bilan bordi.
Parijning Orli aeroportida Fransiya bosh vaziri Elizabet Born qirol va uning rafiqasi, qirolicha Kamillani kutib oldi.
Parijning eng mashhur ko‘chasi bo‘lmish Yelisey maydonidagi «Zafar arki»da qirol va qirolichani Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, uning rafiqasi Brijit Makron va Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu kutib oldi.
Ikki davlat madhiyalari yangragach, qirol Charlz III va Makron «Noma’lum askar qabri» poyiga gulchambar qo‘yishdi.
Marosimdan so‘ng, qirol Charlz III va Makron ikki tomonlama uchrashuv uchun bir mashinada Yelisey saroyiga yo‘l oldi. Ular iqlim, biologik xilma-xillik, sun’iy intellekt, shuningdek, Afrika va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishi aytilmoqda.
Uchrashuvdan so‘ng, qirol Charlz III rasmiy kechki ovqatda ishtirok etadi, uni Makron Versal saroyida martabali mehmon sharafiga beradi.
Qirol Charlz III Fransiyaga 3 kunlik tashrifi doirasida 21 sentabr kuni Fransiya parlamentining yuqori qanoti bo‘lmish Senatda nutq so‘zlaydi, so‘ngra ayni paytda restavratsiya ishlari olib borilayotgan Notr-Dam cherkoviga tashrif buyuradi.
22 sentabr kuni Charlz III mamlakat janubidagi Bordo shahriga boradi. U yerda fransuz va britaniyalik harbiylar bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, Britaniya qirolining 26-29 mart kunlariga mo‘ljallangan Fransiyaga tashrifi o‘sha paytda mamlakatda kuchaygan norozilik namoyishlari tufayli qoldirilgan edi.
Qirol Charlz III Fransiyaga oxirgi marta 2019 yilda, taxtga o‘tirishdan oldin tashrif buyurgan edi.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024