O‘zbekiston | 07:28 / 22.09.2023
4033
1 daqiqa o‘qiladi

Kam ta’minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste’molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Joriy yil 1 maydan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, mol go‘shti, tuxum hamda o‘simlik yog‘i) sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga 12 foiz QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste’molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.

Xususan:

  • may oyi uchun 22 159 nafar fuqaroga 1,1 mlrd so‘m;
  • iyun oyi uchun 30 613 nafar fuqaroga 1,3 mlrd so‘m;
  • iyul oyi uchun 31 942 nafar fuqaroga 1,2 mlrd so‘m.

Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.

Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.

Mavzuga oid