Jahon | 14:28 / 24.09.2023
20959
7 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi vertolyotchilar va artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 577-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin anneksiya qilingan Zaporijjya oblastidan senator bo‘ldi.
  • RF mudofaa vazirligi har kungi brifingida Qora dengiz floti shtabi bo‘ylab berilgan zarba haqida to‘xtalmadi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanovning tasdiqlashicha, RF Qora dengiz floti shtabiga hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani, yana 16 kishi (jumladan generallar) jarohat olgani haqida ma’lum qildi.
  • Jo Bayden Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalarini berishga qaror qilgan, ammo AQSh rossiyaliklarni ogohlantirish bo‘lib qolmasligi uchun bu haqda rasman xabar bermaslikka xabar qilgan, deya yozadi Financial Times.
  • Sevastopolda tongdan portlash ovozlari eshitildi. Anneksiya qilingan shahar rasmiylari raketa urib tushirilgani haqida xabar bergan.
  • Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiy anneksiya qilingan Xerson va Zaporijjya oblastlariga rasman gubernator etib tayinlandi.
  • Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlarini 10,8 trillion rublga oshirdi. Bu Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanishigacha bo‘lgan davrdagiga qaraganda uch barobar ko‘proq.
  • Ukraina qurolli kuchlari zirhli texnikasi rossiyaliklarning Zaporijjya oblastidagi asosiy mudofaa chizig‘idan o‘tgani xabar qilinmoqda.

Kun kadri. Qora dengiz floti shtabiga zarbadan keyingi tutun

Anneksiya qilingan Sevastopol rahbari Mixail Razvojayev 22 sentabr kuni ukrain armiyasi Qora dengiz floti shtabiga raketa zarbasi yo‘llagani haqida xabar berdi. Binoda yirik yong‘in boshlangan. RF mudofaa vazirligi Sevastopol bo‘ylab uchirilgan beshta raketa urib tushirilganini ma’lum qildi. Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, urib tushirilgan raketalardan birining parchalari Naximov prospektidagi Lunacharskiy teatri atrofiga tushgani haqida aytgan. TASS ma’lumotiga ko‘ra, parchalar yuzlab metrlarga sochilib ketgan.

Avvaliga RF mudofaa vazirligi shtabga zarba oqibatida bir harbiy halok bo‘lganinini xabar qilgan, lekin uning shaxsi va maqomiga aniqlik kiritilmagandi. Keyinroq vazirlik u halok bo‘lmagani, balki bedarak yo‘qolganini xabar qildi. Rossiya nashrlari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra olti kishi yaralangani haqida xabar tarqatgandi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov «Amerika ovozi»ning ukrain xizmatiga bergan izohida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralanganini ma’lum qildi. «Yaralanganlar orasida — guruh qo‘mondoni general-polkovnik [Aleksandr] Romanchuk ham bor, juda og‘ir ahvolda. Shtab boshlig‘i general-leytenant [Oleg] Tsekov hushsiz holatda», — deya tasdiqlagan Budanov. Bu ma’lumot boshqa mustaqil manba tomonidan tasdiqlanmagan.

Rossiya Qora dengiz flotining Sevastopoldagi shtabida raketa zarbasidan keyin ko‘tarilgan tutun
Planet Labs / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi Ukraina QK artilleriyachilari

Artilleriya Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumida muhim rolni o‘ynamoqda: g‘arb tizimlarining uzoq masofaga harakatlanish va boshqariluvchi snaryadlarning aniqligi, shuningdek razvedkaning samarali harakatlanishidagi ustunliklardan foydalangangan holda Ukraina QK yoz o‘rtalaridan boshlab Donetsk oblasti va frontning boshqa uchastkalarida rossiyaliklarning gaubitsalari va baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini faollik bilan bostira boshladi. O‘tgan vaqt ichida muvaffaqiyatli zarbalar berilgani aks etgan o‘nlab videolar namoyish etildi.

Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Rossiya qo‘shinlarining Donetsk oblastidagi pozitsiyasiga Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan M109 o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan zarba berishga tayyorlanmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida M109 artilleriya qurilmasidan zarba berish jarayoni: ukrainalik harbiy 155 millimetr kalibrli snaryad bilan
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari niqoblangan M109 qurilmasidan rossiyaliklarning Donetsk oblastidagi pozitsiyalariga zarba berishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar Donetsk oblastidagi janglar vaqtida artilleriya snaryadlari fonida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Toretsk yaqinidagi ukrain harbiylari

Donetsk oblastidagi Toretsk shahri so‘nggi oylarda front chizig‘idagi qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiya qo‘shini shaharga muntazam ravishda artilleriya zarbalari yog‘dirmoqda, natijada, Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillari ham halok bo‘lmoqda.

Ukraina QK 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasining Toretsk atrofidagi front chizig‘idagi pozitsiyasi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 24-brigadasining Toretsk yaqinidagi pozitsiyasi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 24-brigadasi harbiy xizmatchisi rossiyaliklarning Toretsk yaqinidagi pozitsiyalarini kuzatmoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 24-brigadasi harbiy xizmatchisi rossiyaliklarning Toretsk atrofidagi pozitsiyalari bo‘ylab o‘t ochmoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 24-brigadasining Toretsk yaqinidagi jihozlangan pozitsiyalari
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyevda budjet mudofaa foydasiga qayta taqsimlanishi tarafdorlari namoyishi

23 sentabr kuni Kiyevda Ukraina poytaxti budjeti mudofaa maqsadlarida qayta taqsimlanishi tarafdorlarining ikkinchi mitingi bo‘lib o‘tdi. Kiyev shahar kengashi devorlari ostida yig‘ilgan namoyishchilar hukumatdan boshpanalar va shifoxonalarda panduslar, maktab va bog‘chalarda boshpanalar qurishda faolroq bo‘lishni talab qilishgan. Kiyev ma’muriyatiga bu kabi e’tirozlar avvalroq Ukraina prezidenti ofisi tomonidan ham bildirilgandi. Shahar rasmiylari esa barcha mablag‘lar maqsadli sarflanishini va armiya yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlamoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain vertolyotchilari

Donetsk oblastida parvozlar oralig‘idagi tanaffusda Ukraina armiya aviatsiyasi 18-brigadasi vertolyotlariga xizmat ko‘rsatilmoqda
Libkos / Getty Images
Ukraina armiya aviatsiyasi 18-brigadasi vertolyotlari parvoz oldidan
Libkos / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlari uchuvchisi vertolyotda
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
Vertolyotdan raketa uchirilishi
Libkos / Getty Images

Mavzuga oid