O‘zbekiston | 07:24 / 26.09.2023
38403
9 daqiqa o‘qiladi

30 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan 30 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Toshkent viloyati

Abror Hamdamov Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ravshan Rustamov Bekobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Parkent tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Furqat Mamatqulov Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yoqub Ortiqboyev Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ortiq Hamdamov Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jasur Sayfiyev O‘rta Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Pskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Dilshod Yusupov Pskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Pskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sanjar Abduvaliyev Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i boshlig‘i etib tayinlandi. U 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Olim Saidov Yangiyo‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ixtiyor Aliyev Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Saidazim Yusufxo‘jayev Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Andijon viloyati

Aziz Qodirov Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bakir Ummatqulov Ulug‘nor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1981 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Oltinko‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati

Akbar Ergashov Olot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1971 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Dilshod Muxtorov G‘ijduvon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar G‘ijduvon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jizzax viloyati

Erkin Erkaboyev Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bekzod Nurmurodov Paxtakor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Zafarobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Namangan viloyati

Jahongir Anvarov Mingbuloq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1991 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Namangan viloyati soliq boshqarmasi Resurs soliqlari ma’muriyatchiligi shu’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati

Farhod Xudoyorov Muzrabot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Komil Rahmonov Qurbonovich Termiz tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Qishloq xo‘jalik korxonalari daromadlarini soliqqa tortish shu’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Farg‘ona viloyati

Baxtiyor Toshaliyev Quvasoy shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Quva tumani soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish shu’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xurshid Xudoynazarov Toshloq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1988 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zuhriddin Mirzayev Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Inom Marayimov Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Saida Nurmatova Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Rishton tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avaz Oxunov Quva tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yusuf Komilov Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1989 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Qishloq xo‘jalik korxonalari daromadlarini soliqqa tortish shu’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xorazm viloyati

Shuhrat Xayitboyev Xiva tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Davron Qo‘chqorov Xonqa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1982 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Tuproqqal’a tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jasur Egamov Urganch tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1990 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash shu’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid