AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston mudofaa vaziri AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurillani qabul qildi.
Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Maykl Kurillani O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarning mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi, deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024