Belarusda jismoniy shaxslarga dronlarga egalik qilish taqiqlandi
Lukashenko buni xavfsizlik nuqtayi nazaridan tushuntirib, jismoniy shaxslarga har qanday dronlarga egalik qilish va ulardan foydalanishni taqiqladi.
Belarusda 28 sentabr, payshanba kunidan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan dronlarni olib kirish, ulardan foydalanish va ishlab chiqarishni taqiqlash kuchga kirdi, deya xabar bermoqda «Interfaks» agentligi mamlakat Davlat bojxona qo‘mitasiga tayanib.
Yangi taqiq, shuningdek, jismoniy shaxslarning 28 sentabrgacha mamlakatdan olib chiqib ketilgan dronlarni Belarusga qayta olib kirishi imkoniyatini ham nazarda tutmaydi. Endilikda dronlarni olib kirish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish faqat tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga «talablarga muvofiq tadbirkorlik va kasbiy faoliyati maqsadlarida» ruxsat etiladi.
«Xavfsizlikni ta’minlash uchun» dronlarni taqiqlash
Aleksandr Lukashenko 25 sentabr kuni jismoniy shaxslar uchun dronlarni taqiqlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu «jamoat xavfsizligini ta’minlash» va «fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlari va samolyot modellarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, ulardan foydalanish tartibini tartibga solish» maqsadida amalga oshirildi», deyiladi Lukashenko matbuot xizmati xabarida.
Farmon jismoniy shaxslar tomonidan dronlarni olib kirish, ulardan foydalanish va ishlab chiqarish bo‘yicha kuchga kirdi, saqlash va muomalada bo‘lish bo‘yicha esa olti oydan keyin kuchga kiradi, deb yozadi «Interfaks». Ushbu olti oy davomida egalari o‘z dronlarini tashkilotlarga berishi yoki «vakolatli tashkilotda» saqlash uchun topshirishi mumkin, deyiladi farmonda.
Mavzuga oid
09:53
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
13:18 / 19.11.2024
O‘quvchilar o‘rtasida kibersport va dronlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi
01:38 / 19.11.2024
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
20:18 / 16.11.2024