O‘zbekiston prezidenti Germaniyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28 sentabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
O‘zbekiston yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tashrif 30 sentabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
19:34
Germaniyada Tesla zavodi qurilishiga qarshilar daraxtlardan tushishni xohlamayapti
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
21:33 / 18.11.2024
Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti telekommunikatsiya kabeli ishdan chiqdi
20:47 / 18.11.2024