Melnik: Braziliya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlikka yordam berishi mumkin
Ukraina elchisi Andrey Melnikning fikricha, Braziliya Lotin Amerikasi hamda boshqa mintaqalardagi tinchlik jarayonida yetakchi rollardan birini o‘ynashga qodir. U Braziliyani o‘z mamlakatini mudofaa qurollari bilan ta’minlashga chaqirdi.
Braziliya Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalarda, xususan, Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlikka erishishda yetakchi rollardan birini o‘ynashi mumkin. Bu fikrni 28 sentabr, payshanba kuni DW nashriga bergan intervyusida Ukrainaning Braziliyadagi yangi elchisi Andrey Melnik bildirdi. «Braziliya bir qancha sabablarga ko‘ra faolroq rol o‘ynashga qodir. Biz tinchlikni xohlaymiz. Braziliya tinchlik muzokaralariga yo‘l ochishga yordam berishi mumkin», - dedi diplomat.
Bundan avval Germaniyada elchi bo‘lib ishlagan Melnik, 1991 yilgi chegaralarda Ukraina suvereniteti tiklangan taqdirdagina barqaror tinchlikka erishish mumkinligini ta’kidladi. «Men uchun nafaqat diplomat yoki elchi, balki Ukraina fuqarosi sifatida bosib olingan barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham ozod qilishdan boshqa yo‘l bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha aytganda, biz uzoq muddatli tinchlik haqida Ukraina 1991 yildagi chegaralarini tiklagandan keyingina gapirishimiz mumkin», dedi u.
Andrey Melnik mustahkam tinchlikka erishish uchun o‘t ochishni to‘xtatishning o‘zi yetarli emasligini ta’kidladi. «Amalga oshirilmagan Minsk kelishuvlari bilan o‘xshash narsa yana yuzaga kelishi mumkin, ko‘plab davlatlar unga e’tibor bermadi va natijada bizning hududimizda katta urush boshlandi», deb tushuntirdi u.
Qurol ta’minoti
DW nashriga bergan intervyusida Ukraina elchisi Braziliyani ham o‘z mamlakatiga mudofaa qurollari yetkazib berishga chaqirdi. «2022 yilda Germaniya tomonidan bizga topshirilgan Gepard kabi mudofaa tizimlari uchun qurol-yarog‘lar ko‘plab odamlar hayotini saqlab qolishi mumkin. Bu jangovar harakatlarda ishtirok etish yoki mojaroda u yoki bu tomonning foydasiga tanlov qilish degani emas. Ular bizning harbiylarimizga shaharlarni xavfsizroq qilishga yordam beradi», dedi ukrainalik diplomat.
Andrey Melnik, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga, hatto Ukraina G20 a’zosi bo‘lmasa ham, Kiyev pozitsiyasini jahon hamjamiyatiga tushuntirish uchun taklif qilinishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024