YeI ukrainaliklarning qochqin maqomini 2025 yil martigacha uzaytirdi
Ukrainalik qochqinlar Yevropa Ittifoqida kamida 2025 yil martigacha maxsus himoyadan foydalanadi. Amal qilish muddatini uzaytirish Yevropa Ittifoqida qolib ketgan to‘rt milliondan ortiq ukrainalik xavfsizligini ta’minlaydi.
Ukrainalik urush qochqinlari Yevropa Ittifoqida kamida 2025 yil martigacha maxsus himoyadan foydalanadi. Bunday qaror Yevrokomissiya taklifi bilan 28 sentabr, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI ichki ishlar vazirlarining yig‘ilishida qabul qilindi, deb xabar berdi Yevropa kengashi matbuot xizmati.
Rossiyaning Ukrainaga hujumidan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari birinchi marta Vaqtinchalik himoya direktivasiga murojaat qildi. U ukrainalik qochqinlarga tez va byurokratik kechikishlarsiz, boshpana berish tartibisiz vaqtinchalik yashash uchun ruxsat olish imkonini yaratadi. Ular ishga joylashishi, farzandlarini maktabga yuborishi va tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgacha vaqtinchalik himoya 2024 yil mart oyi boshigacha cheklangan edi, deya eslatadi AFP.
Muddatning uzaytirilishi Yevropa Ittifoqidagi to‘rt milliondan ortiq ukrainaliklarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Ulardan bir millionga yaqini Germaniyadan boshpana topdi.
Qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha amal qiladi
Germaniya federal ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Bryusselda kelishuvning uzaytirilishini «yaxshi signal» deb atadi. Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yoxansson so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar «qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt Ukraina va ukrainaliklar qo‘llab-quvvatlanishini» ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024