Eronda Alisher Navoiy haqida film suratga olinishi mumkin
O‘zbekiston va Eron kinoustalari tomonidan buyuk ajdodlar haqida filmlar suratga olish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Eron madaniyat vazirining o‘rinbosari, Kino tashkiloti rahbari Muhammad Xazaiy boshchiligidagi ushbu davlat delegatsiyaning «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtiroki tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Eron delegatsiyasini O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va kino sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni inobatga olib, Alisher Navoiy va Sharofiddin Ali Yazdiy kabi buyuk ajdodlar haqida hamkorlikda filmlarni suratga olish masalalari xususida fikr almashildi.
Muhammad Xazaiy, shuningdek, O‘zbekiston va Eronda o‘zaro kinohaftaliklarni o‘tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va Eron Kino tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024