Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilyapti
Qirg‘izistonda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari yetakchilari Bishkekda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
MDH davlat rahbarlari kengashining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi.
Bu haqda «Kabar» axborot agentligi Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyevga tayanib xabar berdi.
13 oktyabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilda Qirg‘iziston MDH organlariga raislik qilmoqda. Hamdo‘stlikda to‘rtta nizom organi mavjud bo‘lib, ulardan eng muhimi davlat rahbarlari kengashidir.
Bundan tashqari, 12 oktyabrda Tashqi ishlar vazirlari, 26 oktyabrda esa hukumat rahbarlari kengashlarining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024