Jahon | 14:59 / 05.10.2023
14999
4 daqiqa o‘qiladi

Front yaqinidagi ko‘ngillilar va Luhanskdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 588-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari RF Qora dengiz flotining bir qismi Sevastopoldan Novorossiyskka ko‘chirilganini tasdiqladi.
  • Ukraina razvedkasi Qrimga maxsus topshiriqli bo‘linma tushirilgani haqida xabar berdi. Rossiya FXX ukrain harbiylaridan biri qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
  • FIFA futbol bo‘yicha Rossiya o‘smirlar jamoasiga jahon chempionatlarida ishtirok etishga ruxsat berdi. Ular bayroq va madhiyasiz qatnashishi mumkin.
  • Qrim ko‘prigidagi portlashga aloqadorlikda ayblanib maxsus xizmatlar tomonidan qo‘lga olingan peterburglik Oleg Antipov ochlik e’lon qildi.
  • «VKontakte» safarbar qilingan rossiyaliklar uyga qaytishga chaqirilgan postlarni bloklamoqda. Ijtimoiy tarmoq Bosh prokuraturaning Ukrainadagi urush haqida «ishonchsiz» ma’lumot bo‘yicha talabini blokirovka uchun asos sifatida keltirmoqda.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi Tokmak shahri hududida o‘z Su-35 qiruvchi samolyotini urib tushirgan.
  • Birinchi kanalning sobiq xodimi Marina Ovsyannikova armiya to‘g‘risidagi «feyklar» ishi bo‘yicha sirtdan sakkiz yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Ovsyannikova Rossiyani 2022 yil oktyabrida tark etgandi.
  • RF mudofaa vazirligi tunda havo hujumidan mudofaa kuchlari ukrainlarning 31 ta uchuvchisiz uchar qurilmasini urib tushirganini e’lon qildi. Ukraina xavfsizlik xizmati Belgorod oblastida rossiyaliklarning «Triumf» kompleksi yo‘q qilingani haqida xabar bergan.

Luhansk yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar

Markaziy harbiy okrug harbiylari 122-millimetr kalibrli D-30 gaubitsasidan ukrain pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ukrain pozitsiyalariga o‘t ochishga tayyorlanayotgan rossiyalik askarlar
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Ko‘ngilli veterinarlar Zaporijjya oblastining front yaqinidagi qishlog‘ida

Kiyevdan ko‘ngilli veterinarlar guruhi mahalliy aholi vakillariga vaksinatsiya, sterilizatsiya va jonivorlarni davolash ishlarida yordam ko‘rsatish uchun frontdan 25 kilometr masofadagi Tavriyske qishlog‘iga kelgan.

Ukrainaning yozgi qarshi hujumi boshlanganidan keyin Zaporijjya oblastining janubiy qismi faol harbiy harakatlar maydoniga aylangan (Tavriyske qishlog‘i Orixivdan atigi 15 kilometr, Rabotine qishlog‘idan esa 30 kilometr masofada joylashgan). Ukraina qurolli kuchlari og‘ir janglardan keyin avgust oyi oxirida Rabotine qishlog‘i xarobalarini egallagandi. Shundan keyin ukrainlarning Orixiv yo‘nalishidagi yurishi to‘xtab qolgan.

Front yaqinidagi Tavriyske qishlog‘ida yashovchi ayol o‘z itini ko‘ngilli veterinarlarga ko‘rsatish uchun olib ketmoqda
Libkos / Getty Images
Tavriyske aholisi vakillari va ularning jonivorlari veterinar stoli oldida
Libkos / Getty Images
Ko‘ngilli veterinar Tavriyskedagi itlardan birini emlamoqda
Libkos / Getty Images
Mushukni sterilizatsiya qilishdan oldin unga kateter qo‘yayotgan ko‘ngillilar
Libkos / Getty Images
O‘z uy jonivorlarini ko‘rikka olib kelgan tavriyskeliklar
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images

Kiyevdagi dafn marosimi 

Ruhoniy ukrainalik askar Oleksandr Pastuxga janoza o‘qimoqda. U 67-mexanizatsiyalashgan brigadada xizmat qilgan va 29 sentabr kuni Luhansk oblastining Kreminna shahri atrofida halok bo‘lgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid