O‘zbekiston | 10:11 / 09.10.2023
5803
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Moskva aviaqatnovlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishildi

Toshkent – Moskva shartnomaviy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish yuzasidan yangi kelishuvga erishildi.

Foto: Transport vazirligi

Toshkent – Moskva shartnomaviy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Davlat rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida transport vaziri Ilhom Mahkamov Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Tomonlar avtomobil va temiryo‘l transporti orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish, xalqaro transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya muqobil yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni tashkil etish, transport sohasini raqamlashtirish va ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi. 

Toshkent – Moskva shartnomaviy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid