Isroil mudofaa vaziri G‘azoga «to‘liq miqyosli hujum» boshlanganini e’lon qildi
Endi G‘azo hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi, dedi u.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant 10 oktyabr oqshomida jangovar harakatlarga qo‘yilgan «barcha cheklovlar» bekor qilingani va armiya endi G‘azo sektorida keng ko‘lamli hujumga o‘tayotganini aytdi. U janglar davomiyligini «haftalar yoki oylar» bilan o‘lchadi.
«Men barcha cheklovlarni olib tashladim, biz hudud ustidan nazoratni tikladik va keng ko‘lamli hujumga o‘tmoqdamiz», dedi Gallant.
«HAMAS G‘azo sektorida o‘zgarishlarni xohladi. Ammo bu jangarilar o‘ylaganidan 180 daraja boshqacha bo‘ladi. Ular bundan pushaymon bo‘lishadi. G‘azo hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi. Kim ayollarni, bolalarni va Holokostdan omon qolganlarni boshini kesish, o‘ldirish uchun kelsa, biz ularni yo‘q qilamiz», dedi Isroil mudofaa vaziri.
7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS harakati a’zolari Isroilga qo‘qqisdan hujum qildi. Ular uch mingga yaqin raketa otib, chegara hududlariga bostirib kirgan. Shundan so‘ng ular isroillik harbiylar bilan jangga kirishgan va o‘nlab odamlarni garovga olgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektoriga havodan zarba bera boshladi. Isroil urush holatida ekanini rasman e’lon qildi.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024