O‘zbekiston | 22:55 / 11.10.2023
15988
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 5 kishini tuproq bosib qolishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim shifoxonada, 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda. 

Toshkent shahri, Uchtepa tumanida tuproq o‘pirilishi oqibatida 5 kishi jabrlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Beshqayrag‘och ko‘chasida kotlovan qazish ishlari olib borilayotganida «Shafoat» MChJ xodimlarini tuproq bosib qolgan. Oqibatda, 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim shifoxonada, 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan 11 oktyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid