Zelenskiy ikkinchi muddatga saylanish rejalari haqida gapirdi
Ukraina rahbari, agar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat davom etsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini aytdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat davom etsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini aytdi. Bu haqda u Digi24telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi Ukraina OAV.
«Agar urush tugasa - yo‘q. Urush paytida men qochib keta olmayman», - degan Zelenskiy.
«2024 yilda urush davom etsa va saylovlar o‘tkazilsa, men hech qachon o‘z vatanimni tark etmayman», - deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Shu bilan birga, u urush qachon tugashini bilmasligini ta’kidladi. Biroq davlat rahbari hozir uning «oxirgi bosqichi» ekanini aytdi. «O‘ylaymanki, biz oxirgi qismdamiz. Bizda juda ko‘p qo‘rquvlar bor: pul, qurol. Ammo biz oxirgi, eng qiyin qismida turibmiz», — dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
22:05 / 19.11.2024
Endi bizda ATACMS bor, undan foydalanamiz - Zelenskiy
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024