Baxmut atrofida janglar yana faollashdi. Frontning ikki tomonidan suratlar
Ukrainada urushning 595-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Nikopol Rossiya harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan.
Tixon Shevkunov (uni «Putinning ruhoniysi» deb atashadi) anneksiya qilingan Qrimda tashkil etilgan mitropoliya rahbari etib tayinlandi.
AQSh Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini ajratdi.
Volodimir Zelenskiy Bryusselga tashrif bilan bordi. NATO shtab-kvartirasidagi uchrashuv oldidan u dunyo yetakchilarini Isroilga borishga chaqirdi va Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ilk kunlarini esladi.
Belgiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlari foydasini Ukraina foydasiga ishlatgan ilk mamlakat bo‘ldi. Shuningdek, ushbu davlat Ukrainaga 2025 yilda F-16 qiruvchi samolyotlari yetkazib berishni va’da qildi.
Ukraina xavfsizlik xizmati Xarkiv oblastida yashovchi ikki kishini rossiyaliklarning Groza qishlog‘iga raketa zarbasi uchun nishon belgilab berishda aybladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kafedagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 55 kishiga yetgan.
Ukraina QK bosh shtabi Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida Avdiyivka va Pervomaysk hududlarida faollashgani haqida xabar berdi.
Nikopol o‘qqa tutilishi
11 oktyabr kuni Rossiya qo‘shini Dnipropetrovsk oblasti Nikopol shahriga og‘ir artilleriyadan uch bor zarba yo‘lladi. Region rahbari Sergey Lisak ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida mahalliy gimnaziya binosi vayron bo‘lgan. To‘rt kishi xarobalar ostida qolib halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
Dniproda og‘ir yaralangan askarlar uchun hospital
Volodimir Zelenskiy videoaloqa orqali XVJ sammitida qatnashdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Marokashning Marrakesh shahrida Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon bankining bir stol atrofidagi har yilgi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun xalqaro hamjamiyatga minnatdorchilik bildirgan.
Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Baxmut yaqinidagi rossiyalik sapyorlar
Avdiyivka uchun jang. Donetsk tomondan ko‘rinish
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 11 oktyabr kuni tongida o‘tgan kun davomida Rossiya qo‘shini Avdiyivka yo‘nalishida faol hujum boshlagani haqida xabar berdi. Hisobotda aytilishicha, ukrainalik harbiylar barcha hujumlarni qaytargan va «oldingi marralar va pozitsiyalar boy berilishiga yo‘l qo‘ymagan».
Shu kuni RF tomoni ham rossiyalik harbiylar «Avdiyivka hududida oldingi chiziq bo‘yicha vaziyatni yaxshilagani» haqida ma’lum qildi.
Grozada halok bo‘lganlarning jasadlari Xarkivdagi o‘likxonaga olib kelinishi