Jahon | 09:33 / 12.10.2023
7382
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar: Sharqiy Yevropa iqtisodiyoti qiyinchilikni boshdan kechirmoqda

Avstriyalik ekspertlar fikricha, Sharqiy va Markaziy Yevropada iqtisodiy o‘sish xavf ostida. Bunga Germaniyadagi retsessiya va pul-kredit siyosatining keskinlashuvi turtki bo‘lmoqda.

Branimir Yovanovich Foto: Civil Media

Avstriyalik ekspertlar fikricha, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish tobora ko‘proq tahdid ostida qolyapti. «Germaniyadagi tanazzul, xalqaro vaziyatning yomonlashuvi, barqaror yuqori inflatsiya, qattiq pul-kredit siyosati va yumshoq fiskal choralar iqtisodiyot uchun muammolarni keltirib chiqarmoqda», dedi Venadagi Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar instituti (WiiW) eksperti Branimir Yovanovich 11 oktyabr, chorshanba kuni.

Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, WiiW mintaqaning Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish atigi 0,6 foizni tashkil etishini kutmoqda. Bu yevrozona mamlakatlari uchun prognoz bilan deyarli bir xil darajada (0,5 foiz), lekin yozgi mavsum bilan solishtirganda prognoz ikki baravar pasaygan, deya ta’kidladi Yovanovich. 

Estoniya, Vengriya va Litva uchun WiiW yalpi ichki mahsulotning pasayishini prognoz qilmoqda. Ruminiya va Xorvatiyada vaziyat nisbatan yaxshiroq ko‘rinyapti, ularda koronavirus pandemiyasi tufayli yetkazilgan zararni iqtisodiy tiklash uchun Yevropa jamg‘armasidan mablag‘lar mavjudligi tufayli o‘sish 2,5 foizni tashkil etadi. 

Ukraina va Rossiya uchun prognoz 

Rossiya harbiy harakatlaridan aziyat chekayotgan Ukraina uchun WiiW vaziyat yaxshilanishini taxmin qilmoqda. Institutlar ekspertlarining qayd etishicha, Ukraina iqtisodiyoti Rossiya agressiyasi oqibatlarini kutilganidan ham yaxshiroq yengmoqda. Shu sababli, Wiiw Ukrainadagi iqtisodiy o‘sish prognozini 3,6 foizga oshirdi. 

Rossiya iqtisodiyoti, WiiW prognozlariga ko‘ra, joriy yil oxirigacha 2,3 foizga o‘sadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiyada harbiy xarajatlar oshishi mudofaa sanoatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ish haqi oshishi bilan birga iqtisodiy o‘sishga olib keladi. Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada ishsizlik rekord darajada past, korxonalar juda katta hajmdagi buyurtmalar bilan yuklangan. 

Mavzuga oid