O‘zbekiston | 11:52 / 12.10.2023
11074
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yashovchi doimiy aholi soni 3 milliondan oshdi

Poytaxt aholisi soni ilk bor 1960 yilda 1 million, 1985 yilda 2 million, hozirgi kunga kelib 3 milliondan oshdi.

Foto: Kun.uz / Nuriddin Nursaidov

2023 yil 1 oktyabr holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 mln 20,5 ming kishini tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan erkaklar - 1,4 mln kishini, ayollar - 1,5 mln kishini tashkil etgan. 

Poytaxt aholisi soni ilk bor 1960 yilda 1 million, 1985 yilda 2 million, hozirgi kunga kelib 3 milliondan oshdi.

Bundan oldin Toshkentda aholisi soni eng ko‘p tuman ma’lum qilingandi.

Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatganki, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etgan.

Mavzuga oid