Isroilda halok bo‘lganlar O‘zbekiston pasportiga ega emas – elchixona
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Isroil-HAMAS qarama-qarshiligi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lmadi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
«Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat janubida ro‘y bergan terror hujumi vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib ketgan 5 nafar kishi halok bo‘lgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fuqarolik pasportiga ega emas», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Isroil Tashqi ishlar vazirligining rusiyzabon kanali Isroil-Falastin ziddiyati oqibatida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgani, 4 nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan, shu bilan birga, ma’lumotlar aniqlashtirish jarayonida ekanini qo‘shimcha qilgan edi.
Mavzuga oid
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024