Jamiyat | 18:31 / 16.10.2023
13008
2 daqiqa o‘qiladi

Ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida «Zakovat» turniri g‘oliblari aniqlandi

Kuchli uchlikka kirgan jamoa o‘quvchilari OTMga imtihonsiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, ular bir o‘quv yili davomida «Zakovat» stipendiyasini oladi.

Foto: Zakovat

Toshkent shahridagi «Zakovat arena»da 15 oktyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi «Zakovat» turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa ikki bosqichda o‘tkazildi. Musobaqaning sentabrda o‘tkazilgan hududiy bosqichida respublikadagi 14 ta hududdan jami 203 ta maktabning 1 421 nafar o‘quvchisi qatnashdi. 

Har bir hududdan uchtadan eng kuchli jamoalar respublika bosqichi uchun saralab olindi. Respublika bosqichida g‘oliblik uchun ta’lim muassasalarining 42 ta jamoasi (294 nafar o‘quvchi) kurashdi. 

1-o‘rin Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasiga nasib etdi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi 2-o‘rinni band etdi. Kuchli uchlikni esa Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi egalladi.

Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi hamda murabbiyiga noutbuk sovg‘a qilindi. Kuchli uchlikdagi jamoa a’zolari endilikda OTMga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Bundan tashqari, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy «Zakovat» stipendiyasi to‘lab boriladi:

1-o‘rin: BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m);

2-o‘rin: BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m);

3-o‘rin: BHMning 3 baravari (990 ming so‘m).

 

Mavzuga oid