Jahon | 14:48 / 17.10.2023
7953
2 daqiqa o‘qiladi

Antarktida 1997 yildan beri 7,5 trln tonna muz yo‘qotdi - olimlar

Muzliklar yo‘qotilishi iqlim inqirozi natijasi. Agarda erish tabiiy o‘zgarishlar siklida yuz berganda muzliklarning qayta tiklanishini ko‘rish mumkin bo‘lardi. Ammo bunday bo‘lmayapti.

Foto: guim.co.uk

1997 yildan buyon Antarktida 7,5 trillion tonna muzdan ayrildi, deb yozmoqda The Guardian. Bu shelf muzliklarning 40 foizini tashkil qiladi.

Lids universiteti olimlarining hisob-kitoblari 1997—2021 yillar davomida Antarktida g‘arbida 67 trln tonna, sharqida bo‘lsa 59 trln tonna muz erib ketganini ko‘rsatmoqda. Sof yo‘qotish 7,5 trln tonnaga yetgan.

«Shelf muzlari muzliklarning davomi hisoblanadi. Ular muzliklarning qoldiqlari dengizga oqishini sekinlashtiradi. Ularning erishi ortidan muzliklar dengizga ko‘proq toza suv chiqara boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida Janubiy okean oqimlari buzilishiga olib kelishi mumkin. Shelf muzliklari holatining yomonlashuvi bo‘yicha noaniq kartina mavjud, bu Antarktida atrofidagi okean harorati, okean oqimlari bilan bog‘liq», — deyiladi tadqiqotda.

Tadqiqotchilar 100 mingdan ortiq koinotdan olingan tasvirlarni ko‘rib chiqib, 25 yil ichida okeanga 67 trln tonna toza suv tushganini qayd etgan. 

Tadqiqot rahbari, ekspert Benjamin Devison shelf muzliklarining deyarli yarmi qayta tiklanish belgilarisiz kamayib borayotganini ta’kidlagan.

Mavzuga oid