Buxoroda avtomobilning davlat raqami belgilarini yashirgan haydovchi aniqlandi
Bu harakati bilan haydovchi yo‘llarda o‘rnatilgan radar qurilmalari qayd etgan jarimalarni to‘lashdan qochishga uringani aytilmoqda.
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida olib borilgan reydda Spark rusumli avtomobilning davlat raqami tekshirilganida haydovchi uni o‘zgartirgani, raqamlar ustiga boshqa belgilarni yopishtirib olgani aniqlangan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanali lavhasida ma’lum qilindi.
Qayd qilinishicha, haydovchi o‘zgartirilgan raqamlar bilan 8 marta tezlikni oshirib, radarga tushgan.
«Bu harakati bilan haydovchi yo‘llarda o‘rnatilgan radar qurilmalari qayd etgan jarimalarni to‘lashdan qochishga uringan», deyiladi lavhada.
Haydovchi avtomobil onasiga tegishli ekanini bahona qilib, tezlikni oshirgani, hatto avtomobil boshqarganini ham tan olmagan.
Lavhada tekshiruvlar o‘z tasdig‘ini topgani, haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgani aytilgan. Jazo chorasi qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024
“Avvalo o‘zbek tilida yozilsin” - Buxoroda reklama bannerlari va lavhalar nega olib tashlanyapti?
07:32 / 20.07.2024