Bayden falastinliklar uchun 100 mln dollarlik insonparvarlik yordamini e’lon qildi
Oq uyning aniqlik kiritishicha, pullar «G‘azo sektori va G‘arbiy sohildagi Falastin xalqiga» yordam berish uchun sarflanadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni bergan bayonotida, 100 million dollar «bir milliondan ortiq ko‘chirilgan va mojarolardan aziyat chekkan odamlarni toza suv, oziq-ovqat, gigiyena vositalari, tibbiy yordam va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta’minlash» uchun sarflanishini aytdi.
Oq uyning ta’kidlashicha, «Qo‘shma Shtatlar ishonchli hamkorlar, jumladan, BMT agentliklari va xalqaro nohukumat tashkilotlari orqali humanitar yordam ko‘rsatmoqda».
Prezident Baydenning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorining tinch aholisi vaziyatda «aybdor emas va jabr ko‘rmasligi kerak. Fuqarolar hayotini himoya qilish va muhtojlarga zudlik bilan yordam berish kerak».
Oq uy bayonotida, shuningdek, «Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi hamkorlar bilan yaqin aloqani davom ettirishi, xavfsizlikka erishish va yordam berishga harakat qilayotganlarni qo‘llab-quvvatlash hamda [fuqarolarning] oziq-ovqat, suv, tibbiy yordam va uy-joydan foydalanishini osonlashtirish muhimligini ta’kidlaydi».
Avvalroq AQSh prezidenti Tel-Avivda so‘zga chiqib, Isroilni tinch aholining og‘ir ahvolini yengillashtirish uchun Misrdan kelayotgan insonparvarlik yordamining G‘azoga kirishiga ruxsat berishga chaqirgan edi.
Baydenning tashrifi yakunida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi Isroilning Misr orqali G‘azo janubiga oziq-ovqat, suv va dori-darmonlarni jo‘natishiga ruxsat berishini bildirgan. Shu bilan birga, u HAMAS garovga olganlarni ozod qilmaguncha Isroildan yordamga ruxsat bermasligini yana bir bor ta’kidladi.
Mavzuga oid
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024
«Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz». Bayden va Jinping Peruda uchrashdi
09:31 / 15.11.2024
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
21:08 / 14.11.2024