AQSh esminetsi Qizil dengizda Yamandan uchirilgan raketalarni tutib oldi
Raketalar va uchuvchisiz uchoqlar urib tushirildi, chunki ular kemaga «potensial xavf tug‘dirgan», ammo hujum nishoni Isroildagi obektlar bo‘lgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Qizil dengiz shimolida joylashgan USS Carney kemasi Yamanda husiychilar tomonidan uchirilgan uchta qanotli raketa va bir nechta dronlarni yo‘q qildi. Bu haqda 19 oktyabr, payshanba kuni Pentagon spikeri, brigada generali Pet Rayder ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketalar kemaga «potensial xavf tug‘dirgani» sababli urib tushirilgan, biroq hujum nishoni Isroildagi obektlar bo‘lgan.
Pentagon aynan nima hujum nishoni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini o‘rganmoqda. Rayderning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar «ushbu muhim mintaqadagi sheriklar va manfaatlarni himoya qilish» uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishga tayyor. Rasmiyning qayd etishicha, na AQSh harbiy xizmatchilari, na mintaqadagi tinch aholiga zarar yetmagan.
Husiychilar Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan isyonchilar bo‘lib, 2014 yildan beri fuqarolar urushi davom etayotgan mamlakatning ayrim qismlarini nazorat qiladi. Ularning shiorlari an’anaviy tarzda «Amerikaga o‘lim» va «Isroilga o‘lim» iboralarini o‘z ichiga oladi, deb ta’kidlaydi AP agentligi. Yaman hukumatini hozirda Falastin-Isroil mojarosi fonida Isroilga hech qanday tahdid qilmagan Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Yaqin Sharqdagi mojaroning avj olishi HAMAS harakatining 7 oktyabr kuni Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirganidan keyin boshlandi.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024