Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan AQSh harbiysi dezertirlikda ayblandi
KXDR uni Qo‘shma Shtatlarga qaytardi. Endi uni sud mahkamasi kutmoqda.
2023 yil iyul oyida Shimoliy Koreyaga qochib ketgan AQSh armiyasining oddiy askari Trevis King dezertirlikda ayblandi. Bu haqda Reuters sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.
AQSh armiyasi rahbariyati askarga bir necha ayblovlarni qo‘ygan, jumladan, dezertirlikdan tashqari, safdoshlariga hujum qilish, bolalar pornografiyasini ishlab chiqarishga undash va uni saqlash.
Trevis King 18 iyul kuni Shimoliy va Janubiy Koreyani ajratib turuvchi demarkatsiya zonasi orqali KXDR hududiga qochib o‘tgan edi. U Janubiy Koreyadagi Amerika harbiy bazalaridan birida xizmat qilgan paytida bir qancha intizomiy jazo choralariga uchragan. U sud qilinishi uchun Qo‘shma Shtatlarga yuborilishi kerak edi.
U qochib ketganidan so‘ng, AQSh hukumati Shvetsiya vositachiligida uni qaytarish uchun muzokara boshladi. KXDR rasmiylari uni sentabr oyi oxirida Qo‘shma Shtatlarga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘ldi.
Trevis King hozirda Texasdagi Fort Bliss harbiy bazasi yaqinidagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Mavzuga oid
22:07
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:59
«Taktika-paktikani yig‘ishtirib, hamma borini berib yurakdan o‘ynasa, yutamiz deb kelishgandik» – O‘tkir Yusupov
20:58
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44