O‘zbekiston | 11:52 / 24.10.2023
26209
1 daqiqa o‘qiladi

Beruniy tumani hokimi lavozimidan olindi

Atabek Saparbayev 2018 yildan buyon Beruniy tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.

Foto: Beruniy tumani hokimligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev hamda Nukus shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Usnatdinov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges xabar berdi.

Jo‘qorg‘i Kenges xabarida hokim va soliq inspeksiyasi boshlig‘ining nega lavozimdan olinganiga izoh berilmagan.

Atabek Saparbayev 2018 yildan buyon Beruniy tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi. U hokimlikkacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Atabek Saparbayev 2020 yilda prezident farmoniga asosan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.

Mavzuga oid