Isroil 7 oktyabrdagi hujumni tayyorlagan HAMAS vakili o‘ldirilganini e’lon qildi
Shodi Barud qiruvchi samolyotlarning havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan.
Falastinning HAMAS tashkiloti razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shodi Barud G‘azo sektorida o‘ldirildi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) xabar berdi. Barud 7 oktyabr kuni Isroilga qilingan hujumni rejalashtirish uchun mas’ul shaxslardan biri bo‘lgani aytilmoqda.
«Isroil mudofaa kuchlari Yahyo Sinvar (HAMAS harakatining amaldagi rahbari) bilan birgalikda Isroilga qilingan hujumni rejalashtirgan HAMAS razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirdi», deyiladi xabarda.
TsAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, Barud qiruvchi samolyotlarning havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan. U o‘tmishda HAMAS batalyoni qo‘mondoni bo‘lib xizmat qilgan va isroilliklarga qarshi qator hujumlarni rejalashtirishda ishtirok etgan.
Hozircha Falastinning HAMAS harakati Barud o‘limini tasdiqlamadi.
Avvalroq, Isroil armiyasi HAMAS harakatiga aloqador harbiy-havo kuchlari bo‘linmalarining besh nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini e’lon qilgan edi. 7 oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujumda ularning ham «muhim rol» o‘ynagani qayd etildi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
20:37 / 15.11.2024