Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan elchixonaga konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘radi.
“Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib, o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmaslik lozim. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘ralgan.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024