Jahon | 23:48 / 30.10.2023
12581
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaydi - Netanyahu

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu o‘t ochishni to‘xtatishni taslim bo‘lishga tenglashtirdi. 

Foto: AP

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS harakatiga qarshi o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish Isroilning taslim bo‘lishini anglatadi. 

Bosh vazirning ta’kidlashicha, Isroil bu vaziyatda «Pyorl-Harbor» yoki «11 sentabr» kungi voqealardan keyin o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmagan Qo‘shma Shtatlarga o‘xshash tarzda harakat qiladi. 

«O‘t ochishni to‘xtatishga chaqiriqlar HAMAS, terrorizm va vahshiylikka bo‘ysunishga chaqirishni anglatadi. Bu sodir bo‘lmaydi», deb ta’kidladi Netanyahu. 

Shu bilan birga Isroil bosh vaziri mamlakat Mudofaa kuchlari (TsAXAL) HAMAS guruhiga qarshi operatsiyada qo‘mondonlik tomonidan belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishayotganini aytdi. 

«TsAXAL G‘azo sektoriga tobora ko‘proq kirib bormoqda. U buni bosqichma-bosqich, o‘lchovli va kuchli tarzda amalga oshirib, bosqichma-bosqich tizimli taraqqiyotga erishmoqda», dedi bosh vazir. 

Harbiy mahkama vaziri Beni Gans so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod etishda davom etadi.

Mavzuga oid