O‘zbekiston | 10:31 / 30.10.2023
3853
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Myunxenga muntazam havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Uzbekistan Airways Germaniyaning Myunxen shahriga muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Dunyo AA

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 29 oktyabr kunidan boshlab Toshkent–Myunxen–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Rasmiy ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston bosh konsuli Olimjon Abdullayev va Myunxen aeroporti vitse-prezidenti Ulrix Teis o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Aviakompaniya yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

1993 yildan buyon Toshkentdan Frankfurt-Mayn yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. 

Mavzuga oid