Afg‘onistonda «O‘zbekiston temiryo‘llari»ning vakolatxonasi ochilishi mumkin
Afg‘onistonda «O‘zbekiston temiryo‘llari» vakolatxonasini ochish hamda xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati va foydali qazilmali konlarni o‘rganish kabi boshqa masalalar muhokama qilindi.
Afg‘onistonda «O‘zbekiston temiryo‘llari» kompaniyasining vakolatxonasi ochilishi mumkin. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
29 oktyabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Mulla Barodar bilan uchrashdi. Unda tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan masalalarni muhokama qildi.
Kobulda o‘tkazilgan uchrashuvlarda «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘i qurilishi loyihasini amalga oshirish, O‘zbekistonning Qobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Afg‘onistonda «O‘zbekiston temiryo‘llari» vakolatxonasini ochish hamda xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati va foydali qazilmali konlarni o‘rganish kabi boshqa masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
20:00 / 13.11.2024
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
21:44 / 09.11.2024