Iqtisodiyot | 09:32 / 01.11.2023
13901
1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi 

Oktyabrda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetdi. 

Foto: Ibrahim Erikan/Anadolu Agency

2023 yilning oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1 foizga oshgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning oktyabr oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 1 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.

Ma’lum qilinishicha, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetdi. 

Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 6,2 foizga o‘sgan.

Mavzuga oid