Iqtisodiyot | 14:34 / 02.11.2023
50620
2 daqiqa o‘qiladi

Dollar kursi ilk marta 12 300 so‘mdan oshdi

Bugun, 2 noyabr kuni O‘zbekistondagi deyarli barcha banklar AQSh dollarini 12 300 – 12 310 so‘mdan sota boshladi. 2023 yilning birinchi ish kunidagi kurs bundan roppa-rosa 1000 so‘mga (9 foiz) arzonroq edi.

Foto: Kun.uz

Dollarning so‘mga nisbatan ayirboshlash kursi birinchi marta 12 300 so‘mdan oshdi.

2 noyabr kuni O‘zbekistondagi aksariyat tijorat banklari 1 AQSh dollarini 12 300 – 12 310 so‘mdan sota boshladi.

Shuningdek, banklarda 1 AQSh dollari uchun 12 195 – 12 245 so‘mlik diapazondagi xarid kurslari amal qilmoqda.

  • 12 300 so‘mdan pastroq sotuv kursini faqat Octobank (sobiq Ravnaqbank) belgilagan: 12 270 so‘m.
  • Dollarni so‘mga ayirboshlash bo‘yicha eng yaxshi kursni esa SQB va BRB taklif etmoqda: 12 245 so‘m.

Markaziy bank 2 noyabrdan e’tiboran dollarning rasmiy kursini 12 249,00 so‘m deb belgilagan.

2023 yilning birinchi ish kuni – 4 yanvarda banklarda dollarning sotish kursi 11 300 – 11 305 so‘m edi.

10 avgust kuni dollar kursi birdaniga 400 so‘mdan oshiqroqqa qimmatlab, 12 000 so‘mdan oshgan, bu 2018 yildagi valutani erkinlashtirish islohotidan keyin ro‘y bergan eng katta sakrash bo‘lgandi.

Markaziy bank buni O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari valutalari qadrsizlanayotgani bilan izohlagandi.

Mavzuga oid