O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Memorandumda O‘zbekiston fuqarolarini nemis tiliga o‘qitish, kasbga tayyorlash va ularni kelgusida Germaniyada ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i va Germaniyaning Sharqiy Turingiya Federal yeri Gera savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, mamlakat mehnat bozori shuningdek, fuqarolarni xavfsiz, tartibli, qonuniy va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga jalb qilish borasida ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Gera savdo-sanoat palatasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandumda O‘zbekiston fuqarolarini nemis tiliga o‘qitish, kasbga tayyorlash va ularni kelgusida Germaniya hududida ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:33 / 18.11.2024
Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti telekommunikatsiya kabeli ishdan chiqdi
20:47 / 18.11.2024
Germaniya Ukrainaga sun’iy intellektga ega Helsing dronlarini yetkazib beradi
18:08 / 18.11.2024