ISHONCH navbatdagi 3 ta do‘konini ishga tushirdi
Muddatli to‘lov bo‘yicha respublikamizda yetakchi kompaniya hisoblangan, hamda O‘rta Osiyodagi “Eng tez rivojlanayotgan tarmoq” unvoniga va O‘zbekistondagi 100 dan ortiq savdo do‘koniga ega yagona nooziq-ovqat riteyli unvoniga sazovor bo‘lgan ISHONCH brendi hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida samarali faoliyat yuritib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.
Oktyabr oyida ISHONCH do‘konlarining soni yana 3 taga ko‘paydi, shu jumladan: Namangan viloyatining Toshbuloq shaharchasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani va Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yangi do‘konlar muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Aholining yashash tarzini yaxshilash yo‘lida keng turdagi mahsulotlarni qulay shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatini yaratgan ISHONCH kompaniyasi ushbu orqali mijozlar uchun ko‘plab qulaylik va imtiyozlarni taqdim etmoqda. Har bir do‘konda 7000 dan ziyod mahsulotlar sotuvda mavjud bo‘lib, bu yerda siz zamonaviy texnika anjomlari, maishiy texnika va mebel buyumlari, idishlar va uy anjomlari, qurilish materiallari hamda ko‘plab boshqa mahsulotlarni topishingiz mumkin.
Shuningdek, barcha ISHONCH do‘konlarida mijozlar uchun bir qator qulayliklar ko‘zda tutilgan: rasmiy daromadga ega barcha fuqarolar va pensionerlar uchun muddatli to‘lov shartnomasini rasmiylashtirish uchun faqat pasportning talab qilinadi, ma’lum turdagi mahsulotlarni bepul yetkazish va o‘rnatish xizmatlari, doimiy asosda o‘tkaziladigan aksiyalar va sovrinli tanlovlar, bonuslar va yana ko‘plab boshqa xizmatlar. Do‘konlarda muntazam ravishda “Omadli kun”, “Tashabbuskor mijoz” kabi aksiyalar ham o‘tkazib kelinadi, shuningdek, amalga oshirilgan xaridlarga belgilangan bonuslar berish tizimi ishlab chiqilgan.
Hozirda ham barcha do‘konlarda ISHONCHDA TO‘Y MAVSUMI aksiyasi davom etayotgan bo‘lib, ushbu aksiya doirasida xaridorlar ISHONCH do‘konlaridan 4 mln so‘m va undan yuqori xaridlar qilish natijasida 12 ta 25 000 000 so‘mlik vaucherlar yoki 777 ta qimmatbaho maishiy texnikalardan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ushbu aksiya 15 noyabrgacha davom etib, jami 6 ta bosqichda bo‘lib o‘tmoqda. Har bir bosqich yakunida g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori orqali, kompaniyaning YouTube rasmiy kanalida jonli efirda aniqlanadi. Aksiya haqida batafsil www.ishonchaksiya.uz saytidan ma’lumot olishingiz mumkin.
Tez orada respublikaning boshqa manzillarida ham yangi do‘konlar ochilishi rejalashtirilmoqda, shu jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli tumanlarida, Andijon shahrida, Shahrixon tumanida hamda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida.
Batafsil ma’lumot uchun:
+99873 515 22 22
Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:
Telegram: t.me/ishonch
Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz
Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz
YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo
Reklama
Mavzuga oid
16:51 / 29.12.2023
ISHONCH do‘konlarida 2023 yil sarhisobi qanday yakunlandi?
16:58 / 05.12.2023
Noyabr oyida yana 4 ta ISHONCH savdo do‘konlari yangi hududlarda o‘z faoliyatini boshladi
09:00 / 28.09.2023
ISHONCH sentabr oyida ham yangi 7 ta do‘konini ishga tushirdi
09:39 / 01.09.2023