Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 10 ta hujjat imzolandi
Sammit yakuni bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi va «Ostona» akti imzolandi.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlandi.
Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Turkiya davlat rahbarlari tomonidan 10 ta hujjat imzolandi:
- TDT o‘ninchi sammiti deklaratsiyasi;
- «Ostona» akti;
- O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turk dunyosining oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror;
- 6 fevralni TDT doirasida Tabiiy ofat qurbonlarini xotirlash va birdamlik kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;
- «Turk dunyosi moliya markazlari to‘g‘risida»gi qaror;
- Turkiy hamkorlik tashkilotlari bayroqlarini uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi qaror;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) TDT kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qaror;
- TDT bosh kotibi o‘rinbosari va Turkiy xalqlar madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidentini tayinlash to‘g‘risidagi qaror;
- TDT a’zo davlatlar tegishli muassasalarining metrologiya sohasidagi hamkorlik bayonnomasi;
- 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan TDT Transport dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi (yo‘l xaritasi).
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2024 yili Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
09:31 / 11.11.2024
O‘zbekistonning TDTga a’zo davlatlar bilan o‘zaro tovar aylanmasi hajmi aytildi
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
17:21 / 06.11.2024