Toshkentdan Samarqandga yuqori tezlikdagi yangi temiryo‘l qurish rejalashtirilmoqda
“Hozir bizda bitta magistral bor va biz undan ham yuqori tezlikdagi, ham tezyurar, ham oddiy transportlarda yo‘lovchi tashish maqsadida, va ham yuk tashuvlari uchun foydalanyapmiz”, deya yangi temiryo‘lga zaruratni tushuntirdi O‘TY raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov Toshkentdan Samarqandga yuqori tezlikdagi temiryo‘l magistralini qurish rejasi haqida ma’lum qildi. Bu haqda u Samarqandda o‘tgan Verona yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida Spot muxbiriga ma’lum qilgan.
“Biz hozir nafaqat Jahon banki, boshqa ko‘plab xalqaro moliya institutlari bilan, shuningdek, manfaatdor investorlar bilan ham Toshkentdan Samarqandga yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar uchun alohida magistral qurishni muhokama qilyapmiz”, – degan u.
Rahmetovning so‘zlariga ko‘ra, faqat yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun mo‘ljallangan yangi magistralni Samarqanddan keyin yana uzaytirish reja qilingan.
“Hozir bizda bitta magistral bor – qaysidir uchastkada ikkita, lekin asosan bitta – va biz bugun bu magistraldan ham yuqori tezlikdagi, ham tezyurar, ham oddiy transportlarda yo‘lovchi tashish maqsadida, va ham yuk tashuvlari uchun foydalanamiz, shuning uchun hozirda infratuzilma shunchaki yetishmaydi”, – deya qayd etgan O‘TY raisining birinchi o‘rinbosari.
Ta’kidlash lozim, “O‘zbekiston–2030” strategiyasida 2030 yil yakuniga qadar Toshkent – Samarqand, Samarqand – Navoiy – Buxoro yo‘nalishlarida yangi tezyurar temiryo‘llarni qurish, tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish sonini 2,5 barobar ko‘paytirish reja qilingan.
Oktyabr oyida “O‘zbekiston temiryo‘llari” rasmiylari Jahon banki vakillari bilan O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar tezligini 300 km/soatgacha yetkazish masalasini ko‘rib chiqqan edi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
20:00 / 13.11.2024
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
08:30 / 10.10.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi Husniddin Hosilov ishdan ketdi
18:47 / 09.10.2024