NATO sobiq bosh kotibi Ukrainaning alyansga qo‘shilish rejasini ilgari surdi
Anders Fog Rasmussen fikricha, Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarsiz NATOga a’zo bo‘lishi alyans va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro xavfini kamaytiradi va Moskvani Ukrainaga yangi hujumlardan qaytaradi.
NATO Ukrainani Rossiya tomonidan egallab olingan janubiy va sharqiy hududlarisiz Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilishga taklif qilishi kerak, deydi tashkilotning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen. Ukrainaning Kiyev nazorati ostidagi chegaralar doirasida NATOga qo‘shilishi Rossiya va alyans o‘rtasidagi ochiq mojaro xavfini kamaytiradi, dedi Rasmussen 11 noyabr kuni Britaniyaning Guardian gazetasiga bergan intervyusida.
Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qisman qo‘shilishi va blok hamkorlarining yordam ko‘rsatish majburiyati «Rossiyani NATO doirasida Ukraina hududiga hujum qilishdan tiyib turadi» va shu tariqa Ukraina qurolli kuchlariga mamlakat markazidan uzoqda bo‘lgan frontdagi janglarda jamlanishiga imkon beradi, deb hisoblaydi NATO sobiq bosh kotibi.
«Ukrainani NATOga taklif qilish vaqti keldi»
Rasmussenning ta’kidlashicha, bu qadam Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat muzlatib qo‘yilishini anglatmaydi. Moskva Ukrainani alyansga qo‘shilishidan to‘xtatib bo‘lmasligini tushunishi kerak, deydi NATO sobiq bosh kotibi. «Keyingi qadam tashlash va Ukrainani NATOga a’zolikka taklif qilish vaqti keldi, - dedi Rasmussen. - Bizga Ukrainani NATO markaziga qo‘yadigan yangi Yevropa xavfsizlik arxitekturasi kerak». Ukraina qurolli kuchlari Yevropadagi eng jangovar armiya sifatida ittifoqchilarga ham afzallik beradi, ayniqsa, bu mamlakat Rossiyaga qarshi qalqon bo‘la oladi, deydi Rasmussen.
Turli ekspertlar va alyans siyosatchilari uzoq vaqtdan beri Rossiya bilan urushning hozirgi bosqichida Ukrainani NATOga qabul qilmaslik kerakligi to‘g‘risida ogohlantirmoqda. Ular o‘z pozitsiyasini Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilishi Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasiga muvofiq NATOning urushga kirishi mumkinligini anglatishi bilan izohlamoqda.
Ushbu hujjatga ko‘ra, alyans hamkorlari ulardan biriga yoki bir nechtasiga qurolli hujum sodir bo‘lgan taqdirda yordam ko‘rsatish majburiyatini oladi. Agar Ukraina o‘z hududining bir qismidan voz kechsa, bu NATO ittifoqchilari mamlakatga faqat Rossiyaning yangi hujumi sodir bo‘lgan taqdirda yordam ko‘rsatishi kerakligini bildiradi.
Mavzuga oid
22:02 / 18.11.2024
Ukraina uzoq masofaga uchadigan raketalar uchun ruxsat oldi: endi nima bo‘ladi?
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:47 / 18.11.2024
Germaniya Ukrainaga sun’iy intellektga ega Helsing dronlarini yetkazib beradi
20:14 / 18.11.2024