Jahon | 20:29 / 15.11.2023
7814
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda mashina o‘g‘irlab, «avariya» sodir qildi 

Uralsk shahrida 1996 yilda tug‘ilgan ikki nafar erkak ushlandi. 

Foto: Qozog‘iston IIV

13 noyabr kuni Qozog‘istonning Uralsk shahrida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi politsiya tomonidan ushlandi. 

Qayd qilinishicha, Volkswagen Passat avtomobili boshqaruvida bo‘lgan haydovchi politsiya xodimlarining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan. Qochish jarayonida u boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib, turar-joyning darvozasiga urilgan. Shundan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Mashinadagi 1996 yilda tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘rtacha mast holatda bo‘lgani aytilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil o‘g‘irlab ketilgani aniqlangan. 

Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 200-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, tergov jarayoni boshlangan. 

Mavzuga oid