Qozog‘iston Markaziy banki raqamli tengeni rasman ishga tushirdi
Mamlakatda elektron valutadan to‘lov vositasi sifatida foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qozog‘iston moliyachilarining XII Kongressi doirasida raqamli tengeni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy banki xabar berdi.
Regulyator sinov tariqasida raqamli tenge platformasini sinovdan o‘tkazadi. Mijozlar mobil ilovada hisobraqam ochish orqali valutadan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Milliy bank ishtirokchi banklar foydasiga raqamli tengening birinchi emissiyasini amalga oshirdi. Raqamli tengedan foydalangan holda birinchi real chakana savdo ham amalga oshirildi.
Qozog‘iston Milliy to‘lov korporatsiyasi raisi Binur Jalenov so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda mavjud to‘lov kartalarini raqamli tenge platformasi bilan birlashtiruvchi texnologiya yaratildi.
«Bu sizga ApplePay, SamsungPay va boshqa qurilmalardan foydalangan holda dunyoning istalgan nuqtasida, qayerda bo‘lsangiz ham raqamli tengeda to‘lov qilish beradi», deb tushuntirdi u.
Raqamli tengeni to‘liq miqyosda joriy etish 2025 yil oxirigacha rejalashtirilgan.
Raqamli tenge alohida elektron hamyonlarda qayd etiladigan noyob raqamli ketma-ketliklar formatida chiqariladi. Raqamli pullarni joriy etishning afzalliklari qatorida ekspertlar korrupsiyaga qarshi kurashning yana bir usuli paydo bo‘lganini, oflayn formatda naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini, shuningdek, vositachilar sonini kamaytirish hisobiga transchegaraviy to‘lovlarni tezlashtirish va narxini pasaytirishni keltirmoqda.
Xuddi shunday valuta Rossiyada ham joriy qilinmoqda. 15 avgustda raqamli rubl orqali to‘lovlarni amalga oshirish sinov tariqasida ishga tushirilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024