Baxtiyor Saidov Roza Otunbayeva bilan uchrashdi
16 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Roza Otunbayeva bilan uchrashdi.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Roza Otunbayeva xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz. Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash va turli infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘oniston yo‘nalishida ilgari surilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashdik», deyiladi O‘zbekiston TIV rahbarining telegram-kanalida.
Qirg‘izistonlik siyosatchi Roza Otunbayeva 2010 yil bahor oylarida mamlakatda yuz bergan etnik nizolar va davlat to‘ntarishidan so‘ng vaqtinchalik hukumat rahbari va Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. U 2011 yil 1 dekabrda hokimiyatni Almazbek Atambayevga topshirgan.
O‘tunbayeva 2022 yil 3 sentabrdan BMT bosh kotibining maxsus vakili sifatida ish boshlagan.
Mavzuga oid
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
13:10 / 02.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri UNCTAD bosh kotibi bilan uchrashdi
13:30 / 30.09.2024